Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi dehqondan yerni hokim olib qo‘ymaydi, xalq bizga ishonishi kerak— Prezident

Endi dehqondan yerni hokim olib qo‘ymaydi, xalq bizga ishonishi kerak— Prezident

Фото: Президент матбуот хизмати

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor davomida dehqon xo‘jaliklari yeridan foydalanishning huquqiy asoslari haqida gapirib o‘tildi.

— Dehqon xo‘jaligi yerdan oqilona foydalanmasa, ijara shartnomasi sud orqali muddatidan oldin bekor qilinadi. Buni har bir dehqonga tushuntirish kerak.

Bundan buyon yer hokimning qaroriga ko‘ra olib qo‘yilmaydi. Masalani faqat sud hal qiladi. Xalq bizga ishonishi kerak, hammasi faqat sud orqali hal qilinishi shart, — dedi davlat rahbari.

Prezident tegishli mutasaddilarga bir oy muddatda 80 ming gektar yerlarni lotlarga bo‘lib, ochiq tanlovga chiqarish topshirig‘ini berdi.

— Har bir yer uchastkasi 2 kunda kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. Bunda, aholi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yig‘imlardan ozod qilinadi, — dedi davlat rahbari.

Prezidentning nutqidan ma’lum bo‘lishicha, shu tariqa dehqon xo‘jaliklari kadastrni ro‘yxatga olish uchun to‘lanadigan 1 million 350 ming so‘m to‘lovdan ozod qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring