Endi bayramlarda yo‘lga chiqish qulaylashadi
Bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sayohat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun ko‘zda tutilgan qulayliklar haqida ham gapirildi.
Aytilishicha, 1-sentyabrdan boshlab, yurtimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:
- avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming so‘mgacha, temir yo‘l va avtobusga 100 ming so‘mgacha);
- mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming so‘mgacha);
- muzey va boshqa madaniyat ob’yektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta obyekt uchun – 20 ming so‘mgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.
Bayram kunlari va festivallarda aholining faol sayohat qilishiga qulay sharoit yaratish uchun qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovini tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter