Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi ayrim to‘lovlar uchun komissiya aholidan undirilmaydi (ro‘yxat)

Endi ayrim to‘lovlar uchun komissiya aholidan undirilmaydi (ro‘yxat)

2023-yil 1-maydan boshlab benefitsiari budjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqi (yig‘imlar) to‘lov shaklidan qat’i nazar to‘lovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki to‘lov summasidan chegirib qolish yo‘li bilan undiriladi.

Prezident mazkur tartibni nazarda tutuvchi hamda aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarorni imzoladi.

Bunda, vositachilik haqi miqdori to‘lov summasining bir foizigacha, biroq jami summasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan chegaraviy miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi.

Ushbu tartib:

  • barcha turdagi davlat boji va ma’muriy jarimalar bo‘yicha to‘lovlar;
  • davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga to‘lovlar;
  • maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, qayta tayyorlov, malaka oshirish hamda sog‘liqni saqlash muassasalariga to‘lovlar;
  • barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar;
  • Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish bo‘yicha undiriladigan to‘lovlar;
  • «E-auksion» elektron savdo platformasi va «K-Savdo» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘lovlar;
  • avia, temir yo‘l va boshqa jamoat transportlariga chiptalarni xarid qilishdagi to‘lovlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Kelajakda mazkur ro‘yxatga qo‘shimcha to‘lov turlari kiritilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring