Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi AQShda tug‘ilgan xorijliklarga fuqarolik berilmasligi mumkin

Endi AQShda tug‘ilgan xorijliklarga fuqarolik berilmasligi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikada tug‘ilayotgan chaqaloqlarga fuqarolik berishni to‘xtatmoqchi, deya xabar beradi «Sabah.com».

«Amerika – o‘z hududida tug‘ilayotgan chet el fuqarolariga AQSh fuqaroligini berayotgan yagona davlat. Bu noto‘g‘ri. Buni to‘xtatish kerak», – degan Tramp.

Ayni damda AQSh konstitutsiyasi mamlakat hududida tug‘ilgan bolalarga AQSh fuqaroligiga ega bo‘lish imkonini beradi.

Tramp bu qoidani o‘zgartirishni o‘z huquqshunoslari bilan muhokama qilgani va ehtimoliy huquqiy qiyinchiliklarga qaramay, uni amalga oshirish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring