Emomali Rahmon va Serdar Berdimuhamedov Toshkentga keldi
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Sammitida qatnashish uchun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Bugun, 9 noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan mazkur sammitda ishtirok etish uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar mamlakatimizga yetib kelgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter