Emomali Rahmon qizini Buyuk Britaniyaga elchi etib tayinladi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qizi Ruxshona Emomalini mamlakatning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligidagi elchisi etib tayinladi.
Bu farmon 15 dekabr kuni kechqurun Tojikiston prezidentining rasmiy saytida e’lon qilingan.
Ruxshona Emomali Masud Xalifazoda o‘rnini egalladi. Farmonda Xalifazoda «boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan» elchi lavozimidan chetlashtirilgani aytilgan.
Tojikiston prezidentining yetti nafar qizi bor. Ruxshona Emomalidan tashqari uning opasi Ozoda Rahmon va ukasi Rustam Emomalilar yuqori lavozimlarda ishlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter