Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emomali Rahmon oilasida judolik yuz berdi

Emomali Rahmon oilasida judolik yuz berdi

20-iyul kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning singlisi Qurbonbi Rahmonova 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda Asia Plus ma’lum qildi.

Prezident singlisi koronavirus yuqtirgani aytilgan.

Ayolga «koronavirus tashxisi qo‘yilgan, o‘n kun davomida shifokorlar uning hayoti uchun kurashgan».

Qurbonbi Rahmonova 2012-yil iyun oyida Dushanbeda otib o‘ldirilgan «O‘rmon va ovchilik» davlat unitar korxonasi direktori Xolmo‘min Safarovning rafiqasi bo‘lgan.

Avvalroq, Emomali Rahmonning 88 yashar qaynonasi Uzbekbi Asadullayeva koronavirus simptomlari bilan vafot etgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring