Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak Ramazon hayiti bilan bir-birlarini va birodar xalqlarimizni samimiy tabrikladilar.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Sanoat, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Samarali hudulararo aloqalar va faol madaniy-gumanitar almashinuv yo‘lga qo‘yilgan.

Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tezlashtirish choralari ishlab chiqilishi muhim ekani ta’kidlandi.

Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan mamlakatimizda o‘tkaziladigan ko‘p tomonlama sammitlar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring