Elmira Bositxonova: «Xalqaro migratsiya faqat O‘zbekistonning muammosi emas»
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Anjumanda so‘z olgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova xotin-qizlar masalalari, bandlik va migratsiya muammolari xususidagi savolga javob berdi.
«Xalqaro migratsiya bugungi kunda faqat O‘zbekistonning muammosi emas. Bu globalizatsiyaning bir tomoni sanaladi. Muammolarning yechishning yo‘llaridan bir qadriyatlarni tiklash ekanini zamon ko‘rsatyapti. Bizning qadriyatimiz esa mahalladir. Uning bir nechta funksiyalari bor. Shulardan biri bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash. Globalizatsiya sabab mahallani qo‘llovchi organ bo‘lmadi, hammasi alohida shug‘ullandi. Masalan, xotin-qizlar qo‘mitasi yoki «Nuroniy»ni olaylik.
Qo‘mita chekka qishloqda ayollarni ish bilan ta’minlash uchun bitta fabrika ochsa, uni xomashyo va bozor topish muammosi vujudga keldi. Xullas, bular sohada bitta kuchli tashkilot tuzish zaruratini ko‘rsatdi.
Xotin qizlar muammosi avval ham haqiqatdan ko‘p edi. Lekin bu faqat bu bilan xotin qizlar qo‘mitasi shug‘illanishi kerak degani emas. Xotin-qizlarning muammosi butun jamiyatning muammosi. Masalan, men Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari bo‘lganimda nimalargadir ulgurdim, nimalargadir kuchim yetmadi. Biz ayollarga tibbiy yordam berish tizimini yo‘qotib qo‘ydik. Yangi farmonda shu masalalar ham yechiladi».
Shuningdek vazir o‘rinbosari «oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash eng muhim vazifa»deya ta’kidladi.
Avvalroq, vazir Rahmat Mamatov ishsizlik va aholining xorijga chiqib ketishini kamaytirish, yangi ish o‘rinlari xususidagi savolga javob bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter