Elmira Bositxonova «xotin-qizlarning 23 ta toifasi ro‘yxati» tuzilishiga aloqasi yo‘qligini bildirdi
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bugun internet OAVda tarqalgan «xotin-qizlarning 23 ta toifasi ro‘yxati» tuzilishi haqidagi xabarlar yuzasidan murojaat yo‘lladi.
«O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida xotin-qizlarni tasniflaydigan, toifaga ajratadigan ro‘yxatni shakllantirishga qat’iyan qarshiman.
Bugun internet tarmog‘ida shov-shuvga aylangan «xotin-qizlarning 23 ta toifasi ro‘yxati» tuzilishiga mening hech qanday aloqam yo‘q.
Jurnalistlar, blogerlar hamda internet foydalanuvchilaridan mening sha’nimga aytilayotgan haqoratlarni to‘xtatishlarini so‘rab qolaman», deyiladi murojaatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter