Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi
Hukumatning joriy yil 5-dekabrdagi tegishli qarori bilan Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, 2023-yil 1-martgacha ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma onlayn tarzda yuborilishini hamda ko‘rib chiqilishini amalga oshirish bo‘yicha yagona mobil ilova ishga tushiriladi.
2023-yil 1-iyulgacha yagona mobil ilova orqali boshqa majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta da’volariga oid arizalar onlayn tarzda yuborilishi hamda ko‘rib chiqilishi amaliyotga joriy etiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-iyulgacha «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter