Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektrdagi tinmay uzilishlar tufayli JARda «milliy ofat rejimi» joriy etildi

Elektrdagi tinmay uzilishlar tufayli JARda «milliy ofat rejimi» joriy etildi

Siril Ramafosa.

Foto: Flickr

9-fevral kuni prezident Siril Ramafosa Janubiy Afrika Respublikasida «milliy ofat rejimi»ni e’lon qildi. SABC xabariga ko‘ra, mamlakat energiya inqiroziga uchragan.

Prezident ikki palatali parlamentning qo‘shma yig‘ilishida o‘z xalqiga murojaat yo‘lladi.

«Energiya inqirozi tufayli mamlakatda milliy ofat rejimi joriy etiladi... Butun hukumatning bosh vazifasi — energiya xavfsizligini tiklashdir», — dedi Ramafosa.

Ta’kidlanishicha, energiya inqirozi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzilmalari uchun «ekzistensial (hal qiluvchi ahamiyatga ega) tahdiddir».

«Mamlakat butun jamiyatni qamrab olgan og‘ir energetika inqiroziga uchradi... Hukumat avvaliga elektr uzilishlari davomiyligini qisqartirish, keyin batamom yo‘q qilish ustida ishlamoqda», — axborot berdi JAR prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring