Elektr energiyasi bo‘yicha monopoliya bekor qilinadi
O‘zbekistonda elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha monopoliya bekor qilinishi va bozor mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Davlat dasturida 2022 yil aprelgacha energetika sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha prezident qarori loyihasini tayyorlash belgilangan.
Jumladan, qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
- «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJdan elektr energiyasini «yagona xarid qiluvchi» funksiyasini ajratish;
- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha asosiy talablarni belgilash;
- «O‘zbekgidroenergo» AJ kichik va o‘rta investitsiya loyihalariga xususiy investorlarni jalb etish.
O‘zbekistonda chiroq o‘chishi bilan bog‘liq muammolar anchadan beri bor bo‘lib, bu ayniqsa qish kunlari va qishloqlarda ko‘p kuzatiladi. 25 yanvardagi ommaviy chiroq o‘chishi esa energetika sohasida hali qilinmagan ishlar borligini ko‘rsatib berdi, deyish mumkin.
Bu masalani prezident Shavkat Mirziyoyev ham jiddiy o‘rganib chiqishni topshirgan va elektr energiyasidagi bunday yirik uzilishning asosiy sabablarini sanab o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter