Eldor Shomurodov avgust oyida Rossiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov avgust oyi yakunlariga ko‘ra Rossiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi, deb tan olindi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi avgust oyida Rossiya chempionatida «Rostov» tarkibida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi. Ayni vaqtda u Rossiya premer-ligasida to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Ektor Kuper tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan va JCh saralashi doirasida 5 avgustda Falastinga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter