Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldiyor Toshmatov nufuzli lavozimga tayinlandi

Eldiyor Toshmatov nufuzli lavozimga tayinlandi

Eldiyor Toshmatov O‘zbekistonning BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi yangi doimiy vakili etib tayinlandi.

Bunga qadar u O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangi doimiy vakil 41 yoshda. Eldiyor Toshmatov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkentdagi Webster universitetini tamomlagan.

Diplomat mehnat faoliyatini O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. 2008-yilda TIVda attashelikdan boshlab O‘zbekistonning Jenevadagi Doimiy vakolatxonasi maslahatchisigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 2017-2019-yillarda tashqi ishlar vaziri yordamchisi, uning Kotibiyati rahbari, keyinchalik TIVning Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022-yildan buyon O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Kotibiyatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Ingliz, nemis, rus, turk tillarini mukammal biladi.

U Jenevada 2023-yil avgustidan buyon mamlakatimizning BMTning Nyu-Yorkdagi doimiy vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan Ulug‘bek Lapasov o‘rniga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring