Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elbek Rahimov qotillari ochiq sud qilinadi

Elbek Rahimov qotillari ochiq sud qilinadi

Xabaringiz bor, ayni paytda Qarshida Bosh prokuratura, Oliy sud hamda Ichki ishlar vazirligi rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov sport murabbiyi Elbek Rahimovning o‘ldirib ketilgani bilan bog‘liq voqeaga to‘xtalib, bu bo‘yicha sud ishi barcha uchun ochiq tarzda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Tergov ishlariga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Kim aybdor bo‘ladi, men bilmayman. Lekin ularning ishi ochiq sudda ko‘riladi va unda jurnalistu blogerlar bemalol qatnashishi mumkin bo‘ladi», dedi Oliy sud raisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring