Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekvadorning sobiq prezidenti Gustavo Noboa olamdan o‘tdi

Ekvadorning sobiq prezidenti Gustavo Noboa olamdan o‘tdi

Foto: tass.ru

Ekvadorning sobiq prezidenti Gustavo Noboa 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning do‘sti, mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Alberto Daik Garsosi ma’lum qildi.

Garcosi «Twitter»dagi sahifasida marhum «mamlakatni og‘ir yillarda boshqargan hurmatli va mas’uliyatli prezident» bo‘lganligini yozib qoldirgan.

Mahalliy «El Universo» gazetasining ma’lum qilishicha, Noboa Mayami shifoxonasida yurak xurujidan vafot etgan. Ilgari, u bosh miya o‘smasi bilan bog‘liq operatsiya qilingan.

Ekvadorda sobiq rahbarning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.

Gustavo Noboa Ekvadorning sobiq rahbari Hamil Mauadning iste’fosi va to‘ntarilishidan keyin 2000-2003-yillarda mamlakat prezidenti bo‘lgan. Tartibsizliklar mahalliy aholi va harbiylarning iqtisodiy siyosatdan noroziligi tufayli yuzaga kelgan.

To‘ntarishdan oldin vitse-prezident bo‘lib ishlagan Noboa oldingi hamkasbining mamlakat iqtisodiyotini dollarlashtirish faoliyatini davom ettirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring