Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper murabbiyligidagi O‘zbekiston termasining dastlabki o‘yiniga chiptalar sotuvga chiqarildi

Ektor Kuper murabbiyligidagi O‘zbekiston termasining dastlabki o‘yiniga chiptalar sotuvga chiqarildi

Foto: «ufa.uz»

O‘zbekiston – Suriya o‘rtoqlik o‘yinlari chiptalari bugun, 29 avgustdan sotuvga chiqarildi. Chiptalar narxi toifasiga qarab 20 ming, 25 ming va 50 ming (CIP) so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6-sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin «Milliy» stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Chiptalarni muxlislar «Milliy» stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish maqsadida odam ko‘p yig‘iladigan joylar — bozorlar, savdo majmualari oldida sayyor kassalar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring