Eksport qiluvchilar uchun soliq miqdori kamaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar qilindi.
Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani:
- tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha;
- tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan qismi yuzasidan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha kamaytiradilar.
Ushbu imtiyozlar qo‘llanilishi natijasida to‘lanmagan mablag‘lar quyidagi hollarda penya hisoblangan holda undiriladi:
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
- tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida valyuta tushumi ta’minlanmaganda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter