Dunyodagi eng xavfli mamlakat aniqlandi

Yangilangan Global tinchliksevarlik indeksi (Global Peace Index)ga ko‘ra, dunyodagi eng xavfli mamlakat — Afg‘oniston (163-o‘rin). Janubiy qo‘shnimiz reytingdagi oxirgi o‘rindan Suriyani chiqarib yubordi.
«Suriya, Afg‘oniston va Markaziy Afrika Respublikasi (MAR)da 2018-yili zo‘ravonlik eng katta iqtisodiy yo‘qotishlarga (tegishli ravishda yalpi ichki mahsulotning 67, 47 va 42 foizi ko‘rinishida) olib keldi», — deyiladi ushbu indeks taqdimot matnida.
Afg‘onistondan keyingi eng xavfli besh mamlakat: Suriya (162-o‘rin), Janubiy Sudan (161-o‘rin), Yaman (160-o‘rin), Iroq (159-o‘rin) va Somali (158-o‘rin).
Indeks mualliflari Islandiyani jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb topishdi.
«Muz o‘lkasi» ortidan eng xavfsiz mamlakatlar sifatida Yangi Zelandiya (2-o‘rin), Portugaliya (3), Avstriya (4) va Daniya (5) joylashdi.
O‘zbekistonga ushbu reytingda 102-o‘rin berilgan.
Global Peace Index batafsil mana bu havolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter