Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya xodimi 12 mln so‘m jarimaga tortildi

Ekologiya xodimi 12 mln so‘m jarimaga tortildi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimi 2022 yil davomida Koson tumanida faoliyat olib borayotgan 41 ta fermer xo‘jaligi faoliyatida noqonuniy tekshirish o‘tkazgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 sentyabrdagi PQ-374-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Nizomning 59-bandi 2-qismiga ko‘ra, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari va nazorat sohasidan tashqari masalalar bo‘yicha har qanday tekshiruv o‘tkazilmasligi hamda tekshiruvlarni qonunchilikda belgilangan tartibda Axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng amalga oshirilishi, shuningdek, o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida Axborot tizimiga kiritilishi uchun javobgar ekanligi belgilangan bo‘lsa-da, mazkur tekshirishlar ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 2412-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o‘tkazish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Shunga ko‘ra 2023 yil 4 aprel kunidagi qaror bilan Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimiga nisbatan 12 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring