Toshkentda daraxt kesilishiga qarshi namoyish o‘tkaziladi
Bugun soat 18:00 da Toshkentda Ekologiya partiyasi tashabbusi bilan daraxtlar kesilishga qarshi piket tashkil etiladi. Bu haqda qo‘mita xabarida aytilgan.
Piketning maqsadi Darxon mavzesida daraxtlarning noqonuniy kesilishini to‘xtatish deya izohlangan.
Avvalroq, 16-sentyabr kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida jamoatchilik nazorati tartibida ekologik reyd o‘tkazilgani xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter