YIning besh mamlakati yer osti gaz omborlarini 90 foizdan ziyod to‘ldirdi

Yevropa ittifoqi mamlakatlari orasida Daniya, Polsha, Portugaliya va Shvetsiyadan so‘ng Fransiya o‘z yer osti gaz omborlarini 90 foizdan ziyod to‘ldirgan 5-mamlakat bo‘ldi. Bu haqda Yevropa gaz infratuzilmasi operatorlari assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Umuman olganda, 23-avgust holatiga, YI mamlakatlari gaz omborlari to‘ldirilish ko‘rsatkichi 78 foizga yetgan.
Yevroittifoq iyunda qabul qilgan yangi qoidaga muvofiq, gaz omborlari to‘ldirilish ko‘rsatkichi 2022-yilning 1-noyabrida kamida 80 foizga, kelgusi yillarda 90 foizga yetkazilishi shart. Hozirgacha 10 ta mamlakat ko‘rsatkichni 80 foizdan oshira oldi.
Ma’lumot uchun: Yevropa ittifoqining 27 mamlakatidan 18 tasida o‘z yer osti gaz omborlari bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter