Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeI va FTA O‘zbekistonga yashil iqtisodiyot yo‘nalishida ko‘mak beradi

YeI va FTA O‘zbekistonga yashil iqtisodiyot yo‘nalishida ko‘mak beradi

Bugun, 17-may kuni Samarqandda O‘zbekiston hukumati, Yevropa Ittifoqi va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) o‘rtasida muhim bitim imzolandi. Ushbu hujjat O‘zbekistonning 2030 yilga qadar yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishga xizmat qiladi.

Bitimni imzolash marosimida Yevropa komissiyasi xalqaro sheriklik bo‘yicha bosh direktoratining bosh direktori o‘rinbosari Miriam Ferran xonim, O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Ilhom Norqulov va Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori Remi Riu ishtirok etdi.

Team Europe (Yevropa jamoasi) tashabbusi doirasida YeI O‘zbekistonga 10,2 million yevro miqdorida grant taqdim etadi. FTA tomonidan esa yashil iqtisodiyot yo‘nalishida 375 million yevro miqdorida imtiyozli kredit ajratiladi.

Yevropa Global darvoza strategiyasi va YeIning yashil siyosati ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq, kelishuvning maqsadi yuqori ekologik standartlarga rioya qilish uchun sharoit yaratish, hukumatning turli sohalarda yashil iqtisodiyot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda imkoniyatlarini oshirish va aholini barqaror ish bilan ta’minlashdan iboratdir.

Hamkorlikdagi qo‘shma tadbirlar, shuningdek, O‘zbekiston aholisining umumiy manfaati uchun atrof-muhit va tabiiy resurslarni asrab-avaylagan holda barqaror iqtisodiy o‘sish sa’y-harakatlarida yordam berishga qaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring