YeI elchisi Yangiobod konida radioaktiv materiallar tarqalishini kamaytirish haqida gapirdi
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian hamkor diplomatlar bilan birga hayot va taraqqiyot uchun ekologik xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha ishlar olib borilayotgan Yangioboddagi uran merosi inshootlariga tashrif buyurdi.
YeI delegatsiyasi xabariga ko‘ra, inshootga tashrif mobaynida YeI moliyalashtirayotgan, BMT Taraqqiyot dasturi va YeXHT tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha haqida ma’lumot berildi.
«Uran konini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlar atrof-muhit uchun xatarlarni bartaraf qilish va ilgarigi qazib chiqarish, qayta ishlash va uranni ko‘mish bo‘yicha faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan aholi salomatligiga yo‘naltirilgan eng muhim tashabbuslardan hisoblanadi. Ushbu harakatlar radioaktiv materiallarni tarqalishini kamaytirish, atrof-muhitning yanada chuqur degradatsiyaga duchor bo‘lishini oldini olish va yaqin atrofdagi aholi qo‘rg‘onlarini himoya qilish maqsadida yer uchastkalarini tozalash va tiklashni qamraydi», – deydi YeI elchisi Sh.Adrian.
Diplomatga ko‘ra, YeI O‘zbekiston hukumatini mazkur muhim vazifani hal etishda qo‘llab-quvvatlashdan va ishlarni jadallashtirishga sodiqligini ko‘rishdan mamnun. Tiklanishning kompleks strategiyasini joriy qilish orqali urandan zaharlanishni uzoq muddatli oqibatlarini yumshatish, yerdan barqaror foydalanish, mahalliy hamjamiyat uchun yanada xavfsiz va sog‘lom kelajakni ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Yangioboddagi uran koni 40 yil mobaynida 1980-yillarga kelib qazib chiqarish to‘xtatilganicha ishlatilgan. Foydali qazilmalar ochiq qazib olinishi va ishqor ishlatilishi atrof-muhit ifloslanishi, radioaktiv va zaharli chiqindilar paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Tiklanish ishlari konlar yopilishi, tashlandiq inshootlarni buzish va bo‘shab qolgan yer jinslarining ba’zi qismlarini qayta kultivatsiya qilishga yo‘naltirilgan.
Tiklanish ishlaridan so‘ng mazkur tuman ekologik xavfsiz hudud bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa mahalliy iqtisodiyot va turizm sanoatini rivojlantirish imkonini beradi.
Belgiya, Litva, Norvegiya, Ispaniya, Shveysariya, AQSh kabi donorlar bilan bir qatorda YeIning moliyaliy ulushi eng yirik hisoblanadi.
Avval xabar berganimizdek, YeI O‘zbekiston hukumatining sahroga aylanayotgan hududni tiklash bo‘yicha xatti-harakatlariga ko‘mak sifatida Orol dengizi tubiga 27 ming tup nihol ekish majburiyatini zimmasiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil noyabr oyida Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo iqtisodiy forumida muhim mavzular qatorida yashil tiklanish masalasi ham muhokama etilgandi. Xususan, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen forum ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida yashil sarmoya iqtisodiyotining ahamiyatiga to‘xtalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter