Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining faoliyatini jadallashtirish, shuningdek, ta’minot manbai bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisidan ajralgan, og‘ir kasallari bor, ko‘p bolali, ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarini qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbai bo‘lmagan, ota-onalaridan biri yoki ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga qonun hujjatlarida to‘lanishi nazarda tutilgan qo‘shimcha to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab berilishini ta’minlash va nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi va uning vazifalari belgilab berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter