Avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berilishi mumkin: ehtimoliy narxlar e’lon qilindi
O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlangan, deb xaber bermoqda «Repost».
Hujjat matniga ko‘ra, orqa oynani qoraytirish 3,44 million so‘mga, orqa va yon oynalarni qoraytirish 6,9 million so‘mga tushishi mumkin. Loyihada old va old yon oynalarning qoraytirilishi nazarda tutilmagan.
Eslatib o‘tamiz, «Mening fikrim» portaliga joylashtirilgan transport vositalari oynalarini qoraytirishga ruxsat berilishi taklif etilgan jamoaviy murojaat 8 kun ichida 10000dan ortiq ovoz to‘plab, Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishga kiritilgan dastlabki petitsiyaga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter