Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehson qutisidan pul o‘g‘irlagan shaxs esingizdami? U ushlandi

Ehson qutisidan pul o‘g‘irlagan shaxs esingizdami? U ushlandi

Kadr: «YouTube»

Masjid mulki hisoblangan ehson qutisidan pul o‘g‘irlayotgan noma’lum shaxs haqida video tarqalgan edi. O‘sha paytda ushbu shaxsning kimligi aniqlanmagan, videodagi joy va masjid haqida ma’lumot berilmagan edi. Endi aniqlanishicha, u masjid emas ekan.

O‘zAning ma’lum qilishicha, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi 32 yoshli Qo‘ziboy To‘xliyev (ism-sharif o‘zgartirildi) 2017-yil may oyida Toshkent shahri Chilonzor tumanining Bo‘ta buva qabristonidagi ehson qutilariga tashlangan pullarni o‘g‘irlab, jinoiy javobgarlikdan qochgan. Shundan so‘ng jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tumani sudi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Qo‘ziboy Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va boshqa davlat, jamoat tashkilotlari hamkorligida tezkor vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholining osoyishta, farovon turmushini ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilayotgan maxsus tadbir chog‘ida qo‘lga tushgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring