Egizaklarga turmushga chiqqan egizaklar bir vaqtda homilador bo‘lishdi
AQShda egizak aka-ukalarga turmushga chiqqan egizak opa-singillar bir vaqtda homilador bo‘lishganini instagram orqali xabar berishdi.
Opa-singil Brittani va Briana Dian va ularning turmush o‘rtoqlari aka-uka Josh va Jeremi Seylers bir-biriga o‘xshash egizaklar hisoblanadi. Shu bois ularning farzandlari ham genetik jihatdan bir-biriga juda yaqin qarindosh bo‘lishadi.
To‘rtalasi ham 2017-yil Tvinsberg shahrida bo‘lib o‘tgan egizaklar festivalida tanishib qolishgan. Bu shaharning nomi ingliz tilidan tarjima qilinganda «egizaklar shahri» degan ma’noni anglatadi. Tanishganlaridan so‘ng yarim yil o‘tgach egizaklar unashtirilganliklarini e’lon qilishdi: aka-uka egizaklar bir vaqtning o‘zida opa-singil egizaklarga bir xil nikoh uzugini sovg‘a qilib, ularning qo‘lini so‘rashdi. 2018-yilda esa ularning to‘ylari bo‘lib o‘tdi. O‘shandan buyon ikkala oila ham Virjiniya shtatida bitta uyda yashab kelishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter