Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Egizaklar katta sport bilan bir kunda xayrlashishdi — Brayanlar

Egizaklar katta sport bilan bir kunda xayrlashishdi — Brayanlar

Foto: «Korrespondent»

Professional sportdagi 22 yillik faoliyatdan so‘ng 42 yoshli egizak tennischilar Bob va Mayk Brayanlar o‘z faoliyatlariga yakun yasashdi.

Amerikalik egizaklar birgalikda 1100 dan ortiq o‘yinda g‘olib chiqishgan, 119 ta sovrinni qo‘lga kiritishgan, olimpiya chempionlari bo‘lishgan.

Bob «Ulkan toj» turnirlarida 23 marta sovrindor bo‘lgan, shundan 16 tasi juftlikda, 7 tasi mikstda, Maykning bu turnirdagi sovrinlari 22 ta: 18 tasi juftlikda, 4 tasi mikstda.

Mayk Brayan juftliklarda 123 ta sovrinni qo‘lga kiritib, 506 hafta davomida dunyoning eng kuchli raketkasi maqomini saqlab qolib rekord o‘rnatgan. Ungacha juftlikda o‘ynovchi hech bir tennischi bu natijaga erishmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring