«Effect.uz» muxbirlariga qo‘llanilgan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi o‘zgartirildi – Prokuratura
Avvalroq «Effect.uz» axborot agentligining 2 nafar muxbiriga nisbatan JKning 219 va 236-moddalari bilan sirtdan ayb e’lon qilinib, sudning ajrimi bilan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgani va ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingani xabar qilingandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, 2 nafar muxbirga ilgari qo‘llanilgan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter