Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL: rekordlarga boy tur: «Bavariya»da — 11-g‘alaba, Muhammad Salohda — xet-trik

YChL: rekordlarga boy tur: «Bavariya»da — 11-g‘alaba, Muhammad Salohda — xet-trik

Yevropa chempionlar ligasining kechagi turidan so‘ng «Bavariya» turnir guruh bosqichidagi g‘alabali seriya rekordini o‘rnatdi: so‘nggi o‘tkazilgan guruhdagi 11 o‘yinda — 11 g‘alaba!

YChL 4-turida safarda «Viktoriya» (Chexiya) ustidan qozonilgan g‘alaba (2:4) ushbu natijani ta’minladi. «Bavariya» so‘nggi marotaba 2020-yilning 1-dekabrida YeChL guruh bosqichida Madridning «Atletiko»si bilan durang (1:1) o‘ynab, ochko yo‘qotgandi.

«C» guruhidagi qatorasiga 4-g‘alabadan so‘ng myunxenliklar muddatidan avval pley-offga chiqishdi. Nemis jamoasi ushbu natijaga qatorasiga 15 marotaba erishdi.

Kechagi kunning esda qolarli voqealaridan yana biri «Liverpul» futbolchisi Muhammad Saloh UEFA Chempionlar ligasining yangi rekordini o‘rnatishi bo‘ldi. U Yevropa klublari o‘rtasidagi bosh turnir tarixidagi eng tezkor xet-trik muallifiga aylandi.

Saloh «Glazgo Reynjers» darvozasiga uchta gol kiritish uchun 6 daqiqa va 12 soniya sarfladi. «Enfild»dagi ushbu o‘yin 7:1 hisobida liverpulliklar foydasiga yakunlandi.

Xet-trikni eng qisqa vaqt oralig‘ida rasmiylashtirish bo‘yicha oldingi rekord «Lion» futbolchisi Bafetimbi Gomisuga tegishli bo‘lib, «Dinamo» (Zagreb) darvozasiga 8 daqiqa ichida uchta gol kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring