Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL: «Inter» dramatik uchrashuvdan so‘ng yarim finalga yo‘l oldi, «Real» «Arsenal» oldida bu safar ham ojiz qoldi

YeChL: «Inter» dramatik uchrashuvdan so‘ng yarim finalga yo‘l oldi, «Real» «Arsenal» oldida bu safar ham ojiz qoldi

Yevropa Chempionlar ligasida chorak final barcha uchrashuvlari yakuniga yetdi. Londonda 3:0 hisobida zafar quchgan «Arsenal» javob o‘yinida ham «Real«ni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi. Ikkinchi bahsda «Inter» juda qiziqarli kechgan o‘yinda «Bavariya» bilan durang qayd etdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalga chiqdi.

Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi:

«Real Madrid» 1:2 «Arsenal»

Gollar: Vinisius 67 – Saka 65, Martinelli 90+3.

«Real Madrid»: 1. Kurtua, 4. Alaba (61. Garsiya), 17. Vaskes (61. Endrik), 22. Ryudiger, 35. Asensio (74. Modrich), 5. Bellingem, 14. Tchuameni, 8. Valverde, 7. Vinisius, 9. Mbappe (75. Dias), 11. Rodrigo (61. Sebalos).

«Arsenal»: 22. Rayya, 12. Timber, 15. Kiver, 2. Saliba, 49. Lyuis-Skelli, 41. Rays, 5. Parti, 8. Edegor, 23. Merino, 11. Martinelli, 7. Saka (77. Trossard).

Umumiy hisob: 1:5

«Inter» 2:2 «Bavariya»

Gollar: Martines 58, Pavar 61 - Keyn 52, Dayer 76.

«Inter»: 1. Zommer, 95. Bastoni (87. Bissek), 15. Acherbi, 28. Pavar, 32. Dimarko (73. Augusto), 36. Darmian, 22. Mxitaryan, 20. Chalxanoglu, 23. Barella (88. Frattezi), 9. Tyuram, 10. Martines (81. Taremi).

«Bavariya»: 40. Urbig, 44. Stanishich, 27. Laymer (84. Koman), 15. Dayer, 3. Kim (65. Gerreyro), 6. Kimmix, 8. Goretska (83. Pavlovich), 17. Olise, 10. Sane (65. Gnabri), 25. Myuller, 9. Keyn.

Umumiy hisob: 4:3

 

Shunday qilib, yarim finalda «Arsenal» Luis Enrike boshchiligidagi PSJ bilan bahs olib borsa, «Inter» «Bapselona»ga qarshi final yo‘llamasi uchun kurashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring