Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dzyudochilarimiz Parijdan 2 ta medal bilan qaytishmoqda

Dzyudochilarimiz Parijdan 2 ta medal bilan qaytishmoqda

Joriy yilning 8-9 fevral kunlari dzyudo bo‘yicha Fransiya poytaxti Parij shahrida «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davom etgan Paris Grand Slam-2020 turnirida 115 ta mamlakatdan 700 nafardan ortiq dzyudochilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishib, ikkita medal va Tokio-2020 yozgi Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar 115 davlat orasida 13-o‘rinni egallagan bo‘lsa, musobaqada ishtirok etgan yana 92 mamlakat vakillari ortga medalsiz qaytdi

Musobaqa yakuniga ko‘ra medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida Yaponiya terma jamoasi peshqadamga aylandi. Dzyudo vatani vakillari 3 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Fransiya terma jamoasi bu borada ikkinchi bo‘ldi. Mezbonlar ham Yaponiya singari 3 ta oltin medalga ega chiqishdi. Faqat faranglarda kumush medallar soni kamroq bo‘ldi - 1 ta. Fransiyaliklar yana ikkita bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritgan Janubiy Koreya terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasagan.

Kanada, Niderlandiya, Ukraina, Kosovo, Ispaniya, Isroil va Belgiya terma jamoalari ham bittadan oltin medalga ega bo‘lishdi. O‘n yettita terma jamoa kamida bitta kumush, yigirma uch mamlakat delegatsiyalari esa kamida bitta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan ortga qaytishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring