Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dzyudo: Muzaffarbek To‘raboyev jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Dzyudo: Muzaffarbek To‘raboyev jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining -100 kg final bahsida Muzaffarbek To‘raboyev kanadalik Kayl Reyesni mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

To‘raboyev gruziyalik, kanadalik va niderlandiyalik nomdor raqiblarini mag‘lub etib finalga chiqqandi.

Ilk marotaba ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudo bo‘yicha jahon chempionatlarining finaliga qadar yetib keldi va chempion bo‘ldi.

Kuni kecha Davlat Bobonov finalda italiyalik Kristian Parlatini yengib, chempion bo‘lgan va oltin medalni prezident Shavkat Mirziyoyevdan qabul qilib olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring