Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Sirdaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga tushirdi

DXX Sirdaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga tushirdi

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Suriyadagi «Katibatul Tavhid va Jihod» xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari tomonidan ochilgan «virtual guruh»ga a’zo bo‘lib, undagi aqidaparastlik materiallarni boshqalarga tarqatib kelgan 7 nafar shaxslar ushlandi.

Ushbu fuqarolar, Suriyadagi jangarilar rahnamolarining onlayn darslarida ishtirok etib kelishgan va ma’lum muddat ichida ulardan 2 nafari (2001 yilda tug‘ilgan M.O. va 2002 yilda tug‘ilgan M.M.) radikal g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rishgan. Yashash joylarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida, qo‘lga olinganlardan jinoyatga aloqador ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.

To‘plangan ashyoviy dalillar asosida, O‘zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring