DXX o‘tkazgan tadbirda sobiq hokimlardan biri ushlandi
DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda sobiq hokimlardan biri ushlandi.
Guliston shahrida yashovchi, 1964 va 1976-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, hozirda Guliston tumani hokimiyati zaxirasida bo‘lgan 38 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga olib berish hamda ushbu yer maydonida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun mansabdor tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSh dollari talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular oldindan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga 2018-2021-yillarda Guliston tumani hokimi lavozimida ishlagan shaxs ham aloqador ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, Samarqandning Nurobod va Qashqadaryoning Qamashi tumanlarida yer sotayotganlar qo‘lga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter