Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Navoiyda ikki advokatni qo‘lga oldi

DXX Navoiyda ikki advokatni qo‘lga oldi

Foto: «Xabar.uz»

Navoiy shahridagi advokatlar hay’ati advokati «H.Q.» mahalliy fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan qo‘zg‘atilib, tergov qilinayotgan jinoyat ishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qiladi.

Advokat so‘ralgan pul mablag‘idan 7500 AQSh dollarini olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida «H.Q.» 7500 AQSh dollaridan 1500 AQSh dollarini o‘zining ulushi sifatida olib, qolgan qismini hamkasbi — Navoiy shahridagi advokatlik firmasi advokati «F.N.»ga berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, «F.N.» 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan «H.Q.» va  «F.N.»larga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi DXX xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring