Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX ikki afg‘on narkokurerini qo‘lga oldi

DXX ikki afg‘on narkokurerini qo‘lga oldi

Foto:«Maltatoday.com»

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari afg‘onistonlik ikki narkokurerni geroin partiyasi bilan qo‘lga oldi, deb yozadi «Podrobno.uz».

Afg‘oniston fuqarolari — 40 yoshli Zulayho va uning 22 yoshli ukasi Muhammad Akrom Dehqonzoda «Hayraton» ko‘prigini kesib o‘tgan vaqtdan buyon kuzatuv ostiga olingan. Ular dastlab avtomobilda Termizdan Samarqandga  kelib,  mehmonxonada tunashadi. Ertasiga Jizzaxga yetib kelgan. Ular Jizzaxda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi. Ularning mehmonxona xonasi ko‘zdan kechirilganda yo‘l sumkalariga bekitilgan 1,5 kilogrammdan ortiq geroin topilgan.Shuningdek, so‘roq chog‘ida Zulayho Dehqonzoda yashirincha o‘tkazish maqsadida geroinning bir qismini yutgani aniqlanadi.  U Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialiga keltirilib,  tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tibbiy protsedura yordamida uning qorin bo‘shlig‘idan 27 ta kapsulaga solingan 111,42 gramm geroin chiqarib olingan. Shu tariqa, ulardan 1,6 kilogrammdan ziyod narkotik ashyoviy dalil sifatida  olinadi.

Zulayho va Muhammad Akrom Dehqonzodaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 273 (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) va 246-moddalari (Kontrabanda) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Afg‘on geroinini qabul qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan tegishli tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring