Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dushanbeda Navoiy va Jomiy haykallari o‘rnatiladi

Dushanbeda Navoiy va Jomiy haykallari o‘rnatiladi

Foto: «EADaily»

Kecha, 5-mart kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakat poytaxtidagi «Yoshlikning 50 yilligi» istirohat bog‘ining nomini o‘zgartirish va unga yangi yodgorliklar o‘rnatish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Farmoyishga muvofiq, Tojikiston poytaxti hokimi shahar xalq deputatlari majlisiga Dushanbedagi Behzod ko‘chasida joylashgan istirohat bog‘ining nomini «Nizomiddin Alisher Navoiy» deb qayta nomlash bo‘yicha taklif kiritishi lozim.

Shuningdek, mazkur bog‘da O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari do‘stligining ramzi sifatida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy yodgorliklari o‘rnatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring