Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng yosh milliarderi qanday boyib ketdi?

Dunyoning eng yosh milliarderi qanday boyib ketdi?

Foto: «Independent.co.uk»

«Forbes» jurnaliga ko‘ra, amerikalik tadbirkor, model va realiti-shou yulduzi Kayli Jenner ikkinchi bor dunyoning eng yosh milliarderi deb topildi.

Jenner reytingga ilk bor 2019 yil mart oyida kiritilgandi. Keyin esa noyabrda o‘ziga tegishli kosmetik brendning 51 foizini 600 million dollarga sotishga ahd qilgandan so‘ng bu mavqeini yanada mustahkamlab oldi. Joriy yil yanvar oyida nihoyasiga yetgan kelishuvning sharofati bilan 22 yoshli Kayli Jennerning biznesi 1,2 milliard dollarga baholandi.

Boshqa ko‘pgina boylardan farqli o‘laroq Kayli bu mol-mulkni mustaqil ishlab topdi. Hammasi 2014 yilda boshlangandi. O‘shanda tadbirkor qizaloq kosmetika tizimini ishga tushirdi. Lab bo‘yoqlari jamlanmasining (15 ming nusxa) birinchi partiyasi bir necha daqiqada sotilib ketdi. Ko‘p o‘tmay Kayli biznesini kengaytirdi. Yarim yilda u 500 mingta to‘plamni sotishga muvaffaq bo‘ldi.

Taxminan o‘sha vaqtda «Forbes»da Kayli Jenner self-meyd tarixida eng yosh milliarder sifatida tanila boshladi (o‘shanda brend 900 million dollarga baholangandi).

Kayli Jenner «Facebook» ijtimoiy tarmoqlar asoschisi Mark Sukenbergni ortda qoldirishga (Mark bu mavqega 23 yoshda erishgandi) hamda 30 yoshdan kichik bo‘lgan o‘nta eng yosh milliarderdan biriga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin ulardan yetti nafari — merosxo‘r. Yana ikki nafari xuddi Kayli kabi o‘z biznesiga asos solgan, biroq ular 29 yoshda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring