Dunyoning eng qimmat shahri nomi aytildi: u Yevropa yo Amerikada emas
Xitoyning Shanxay shahri 2020-yilda dunyoning eng qimmat shaharlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi va Tokiodan o‘tib ketdi.
Shanxay avvalgi reytinglarda yetakchilik qilgan Gonkongni uchinchi o‘ringa tushirgan. Bu reyting Julius Baer bank kompaniyasining dunyo farovonligi to‘g‘risidagi hisobotidagi ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan.
Julius Baer dunyo mintaqalari orasida Osiyoni eng qimmat deb atagan. Sharqiy mamlakatlar muvaffaqiyatining sabablaridan biri pandemiyadan keyin iqtisodiyotning tez tiklanishi bo‘lgan.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, AQSh va Yevropadan farqli o‘laroq, badavlat Osiyo davlatlarida «COVID-19 epidemiyaga aylanmagan».
Shunga ko‘ra, Shanxay eng qimmat shaharga aylandi, chunki 2020 yilda bu yerda narxlar o‘rtacha olti foizga oshdi, Gonkongda esa narx o‘zgarmadi. Shuningdek, Shanxayda aviabiletlar biznes-klassda 82 foizga, mehmonxonalar esa 15 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter