Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shanxayda so‘nggi ikki yil ichidagi eng yirik «lokdaun» e’lon qilindi

Shanxayda so‘nggi ikki yil ichidagi eng yirik «lokdaun» e’lon qilindi

Foto: Reuters

Xitoyning Shanxay shahrida COVID-19 koronavirusi avj olishi fonida, dushanba kuni oxirgi ikki yildagi eng yirik «lokdaun» boshlandi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Qayd etilishicha, Shanxaydagi «lokdaun» ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bu 2019 yilda koronavirus aniqlangan Uxandagi holatdan keyingi Xitoydagi eng «qattiq lokdaun» bo‘ladi.

Birinchi bosqichda Shanxayning Pudun iqtisodiy hududi va uning atrofi dushanbadan jumagacha yopiladi. Ikkinchi bosqich juma kunidan boshlanadi va Shanxayning markaziy qismi yopiladi.

Ushbu «lokdaun»da aholi uylarini tark eta olmaydi. Barcha ofislar, do‘konlar va restoranlar yopiladi, jamoat transporti harakati to‘xtatiladi. Faqatgina o‘ta muhim korxonalar faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, shaharda COVID-19 uchun ommaviy testlar o‘tkaziladi.

O‘tgan haftada shaharning ko‘plab jamoa maskanlari koronavirus avj olgani sababli yopilgan edi. Jumladan, o‘tgan haftada Shanxay rasmiylari Disneylendni yopdi, Tesla zavodida ham ishlab chiqarish to‘xtatatildi.

Yakshanba kuni Shanxayda 3500 ga yaqin odamda koronavirus aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring