Dunyoning eng keksa futbolchisi hali ketmoqchi emas
56 yoshli yaponiyalik futbolchi Kazuyoshi Miura Portugaliyaning «Oliveyrense» klubi bilan shartnomasini kelasi mavsum oxirigacha uzaytirdi. Faxriy futbolchi yana bir yil katta sportda qolmoqchi.
Portugaliya chempionatining ikkinchi ligasida qatnashayotgan «Oliveyrense» jamoasi taniqli futbolchi bilan 2024 yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
Yapon faxriysi 2023 yilning fevral oyidan buyon Portugaliya klubi sharafini himoya qilmoqda. U jahon futbolidagi eng keksa professional futbolchi. Bu yil uning uzoq sport faoliyatidagi 38-mavsumi bo‘ladi.
Kazuyoshi Miura futbol olamida «Qirol Kazu» nomi bilan tanilgan. U «Iokogama» klubida hujumchi bo‘lgan, hozirda Portugaliyaning «Oliveyrense» jamoasiga ijaraga berilgan. U 1993 yilda Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan birinchi yaponiyalik futbolchidir. Miura 1992 yilgi Osiyo kubogida g‘olib chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter