Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning havosi eng ko‘p ifloslangan shaharlari ochiqlandi

Dunyoning havosi  eng ko‘p ifloslangan shaharlari ochiqlandi

Foto: Pixabay

IQAir xizmati havo ifloslanishi eng yuqori bo‘lgan shaharlar reytingini e’lon qildi.

12 avgust ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘oniston poytaxti Kobul birinchi o‘rinda (168).  Undan keyingi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod (146) va Peruning Lima shahri (136) egallagan. 

Birinchi o‘ntalik ro‘yhatni Dubay (BAA), Ulan -Bator (Mo‘g‘uliston), Denver (AQSh), Madrid (Ispaniya), Kalkutta (Hindiston), Lahor (Pokiston), Santyago (Chili)  kabi shaharlar ham bor. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng toza havo ko‘rsatkichi Sidney (Avstraliya), Melburn (Avstraliya) va Bangkok (Tailand) shaharlarida aniqlangan.

Havoning ifloslanish darajasiga qarab, shaharlar ma’lum mintaqaga ajratiladi. Yashil mintaqalar «yaxshi», sariq ranglilari «o‘rtacha», oxirgi «binafsha» rangli mintaqalar esa havo ifloslanishi bo‘yicha «xavfning oshganligi»ni bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring