Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy odami rekord darajada boyib ketdi

Dunyoning eng boy odami rekord darajada boyib ketdi

Foto: «Nedvigimost-i-financi.ru»

Dunyoning eng boy odami yanada boyib ketdi. Amazon korporatsiyasi asoschisi Jeff Bezosning boyligi 211 milliard dollarga yetdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Pentagon kompaniya raqibi Microsoft korporatsiyasi bilan bulutli hisoblash shartnomasini bekor qilganini e’lon qilganidan keyin Amazon aksiyalari 4,7 foizga ko‘tarildi. Bloomberg milliarderlar Indeksi ma’lumotlariga ko‘ra, Bezosning boyligi 8,4 milliard dollarga ko‘paygan.

Avvalroq Tesla rahbari Ilon Mask ushbu rekord ko‘rsatkichga yaqinlashayotgan edi. Yanvar oyida uning boyligi 210 milliard dollarga baholangandi. U dunyoning eng boy odamlari reytingida Bezos bilan tez-tez joy almashib turishibdi, dastlabki ikki o‘rin ularga tegishli. Ammo mart oyining o‘rtalaridan beri ajrashgan milliarder shohsupani hech kimga bermay kelyapti. Shu vaqt ichida Amazon aksiyalari qariyb 20 foizga qimmatlashdi.

Maskning mablag‘i hozirgi kunda 180,8 milliard dollarga baholanmoqda. Fransiyalik tadbirkor Bernar Arno 168,5 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu hafta boshida Jeff Bezos 27 yillik rahbarlikdan so‘ng Amazon kompaniyasining bosh direktori lavozimini tark etdi. Tez orada u 82 yoshli ayol bilan kosmosga uchadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring