Dunyoni velosipedda aylanishga chiqqan yaponiyalik o‘qituvchi Peruda halok bo‘ldi
Dunyoni velosipedda aylanishga chiqqan yaponiyalik Peruda halok bo‘ldi. Bu haqda Yaponiyaning «NHK» telekanaliga asoslanib, «Korrespondent» xabar berdi.
Sayohatchini Peruning Guadalupito shahrida yuk mashinasi urib ketgan.
Yapon sayyohi 31 yoshli Fumixiko Sato 31-iyul kuni Peruga yetib kelgan edi, 4-avgust kuni u uchun fojiali tugadi.
Yuk mashinasi haydovchisi politsiya tomonidan hibsga olingan bo‘lib, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Sato — boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi bo‘lgan. U o‘tgan yili ishini tashlab, velosipedda dunyo kezishga chiqqandi. Qolaversa, u bolalar uchun blog yuritayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter