Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoga tahdid soluvchi uch davlat nomi ma’lum qilindi

Dunyoga tahdid soluvchi uch davlat nomi ma’lum qilindi

2023 yilda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiya, Xitoy va AQSh «dunyoga tahdid soluvchi davlatlar» sifatida qayd etildi.

AQShning U.S. News & World nashri 2023 yilning martidan iyunigacha o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi. Respondentlarga dunyoning 87 ta davlatini turli xarakteristikalar, jumladan, inson huquqlari, armiyaning kuchi, xalqaro ittifoqlarning mavjudligi va boshqalarga ko‘ra baholash so‘ralgan. Boshqa savollar qatorida, respondentlardan qaysi davlat «dunyoga eng katta tahdid» ekanligiga javob berish so‘ralgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning qariyb 70 foizi Rossiya hozir dunyo uchun xavf tug‘dirayotganini tan olgan. Ikkinchi o‘rin Xitoyga tegishli bo‘lib, respondentlarning 66 foizi uni tahdid sifatida belgilagan. Uchinchi o‘rinda AQSh turibdi, respondentlarning qariyb yarmi ushbu mamlakatni tahdid sifatida tanlagan.

Rossiya asosan Daniya, Finlyandiya, Yaponiya va Polsha kabi mamlakatlarda tahdid deb hisoblangan bo‘lsa, Xitoy – Yaponiya, AQSh, Hindiston va Janubiy Koreyada jahon xavfsizligi uchun xavfli davlat sifatida qaraladi. AQShni dunyo uchun asosiy tahdid deb atagan respondentlarning aksariyati Xitoy, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Indoneziya va Yangi Zelandiyada yashaydi.

Bundan tashqari, so‘rov ishtirokchilarining 72,5 foizi insoniyat «Uchinchi jahon urushiga yaqinlashmoqda» degan fikrga qo‘shildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring