Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi «ikkinchi» keksa inson 116 yoshida vafot etdi

Dunyodagi «ikkinchi» keksa inson 116 yoshida vafot etdi

Polshaning eng keksa fuqarosi, dunyodagi ikkinchi keksa inson Tekla Yunevich 116 yoshida vafot etdi. Bu haqda Polshaning RMF radiostansiyasi xabar berdi.

Tekla Yunevich 1906-yilning 10-iyunida Lvov (hozirgi Ukraina)dan 40 km olisdagi Krupsko qishlog‘ida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan buyon Polsha janubidagi Sileziyada yashab kelgan.

Onaxon turmush o‘rtog‘i vafot etgan 1980-yildan to 103 yoshigacha (2009-yil) yakka yashab ro‘zg‘or yumushlarini o‘zi eplagan. Shundan so‘ng nevaralari qaramog‘iga olishgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring