Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng mazali pishloq aniqlandi

Dunyodagi eng mazali pishloq aniqlandi

Foto: «kp.ru»

Norvegiyaning Bergen shahrida «World Cheese Awards» xalqaro pishloq tayyorlovchilar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda butun dunyodan olib kelingan 3500ga yaqin pishloq turi namoyish etildi. Bosh mukofotga Norvegiyaning Ustegorden fermasida ishlab chiqariluvchi «Fanaust» (Fanaost) pishlog‘i loyiq topildi. Ikkinchi o‘rin ham «Xelfeyt» (Helfeit) nomli norveg pishlog‘iga nasib etdi. U an’anaviy jigarrang pishloq bo‘lib, Telemark provinsiyasining Sturdalen Gardsbryuk fermasida ishlab chiqariladi. Ikkinchi o‘rinni Norvegiya «Agour Pur Brebis» nomli Pireneyada tayyorlanadigan fransuz pishlog‘i bilan bo‘lishdi.

Tanlovga 41 ta davlatdan 3472 navdagi pishloq olib kelingan. Italiya, Shveysariya, Fransiya va Germaniya kabi yirik pishloq ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan ko‘p navdagi pishloqlar namoyish etildi. Ammo mahalliy norveg pishloqlari soni hammasidan ham ko‘p bo‘ldi: mamlakatning pishloqli sha’nini 175ta nav himoya qildi.

Tanlov hakamlari qatoridan professional ekspertlardan tashqari oddiy pishloqxo‘rlar, blogerlar, jurnalistlar, muzeylar va umuman bu sohaga aloqasi bo‘lmagan boshqa tashkilotlar vakillari ham o‘rin oldi. Hakamlarning 50 nafari norvegiyaliklar, 180 nafari esa boshqa 29ta davlatdan tashrif buyurgan.

Ular pishloqning tashqi ko‘rinishi, ustki qatlami sifati, asosiy xususiyatlari (namlik, yog‘, rang va tarkibi) va, albatta, ta’miga baho berishdi.

Norvegiyadan tashqari 3472 navdagi pishloqdan eng yaxshi 16 ta finalchi sifatida 4ta Italiya, 3ta Ispaniya, 2ta Fransiya va bittadan Daniya, Shvetsiya, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya va Isroil pishloqlari tanlab olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring